Abstract
Maqolada o‘zbek foydalanuvchilari tomonidan yozilgan prompt-matnlarda kod almashinuvi va tillararo aralashuv hodisasining diskursiv xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi atamalarning o‘zbek gapiga kiritilishi, lotin va kirill yozuvlarining aralash qo‘llanishi, translit (o‘zbek so‘zlarini maxsus harflarsiz yoki rus yozuvi qoidalari asosida yozish) hamda rus tilidan o‘tgan birliklarning qatnashishi ko‘rib chiqiladi. Kod almashinuvi asosan texnik atamalar, prompt muhandisligi tushunchalari va tayyor qoliplar doirasida yuz berishi, o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati gap ichidagi almashinuvni grammatik jihatdan qulay qilishi va inglizcha atamalarning o‘zbek qo‘shimchalarini olishi asoslanadi. Kod almashinuvi foydalanuvchi uchun aniqlik va tejamkorlik vositasi bo‘lishi, ammo yozuv aralashuvi va translit modelning talqiniga ta’sir qilishi mumkinligi ko‘rsatiladi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
