O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATIDA PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
pdf

Keywords

to‘qimachilik sanoati, paxta-to‘qimachilik klasteri, klaster samaradorligi, eksport salohiyati, qo‘shilgan qiymat, resurs samaradorligi, raqobatbardoshlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm.

How to Cite

O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATIDA PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI. (2026). International Congress on Economics, Management and Business Studies, 1(5), 1-11. https://www.econferencia.com/index.php/8/article/view/643

Abstract

Ushbu tezisda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida paxta-to‘qimachilik klasterlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda to‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining eksportbop, mehnat talab va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatiga ega strategik tarmog‘i sifatida baholanadi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari esa xomashyo yetishtirish, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, logistika, sertifikatlash, marketing va eksport jarayonlarini yagona qiymat zanjirida birlashtiruvchi institutsional mexanizm sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezisda “Indorama Kokand Textile” va “Buxoro Agrocluster” klasterlari faoliyati misolida ishlab chiqarish hajmi, eksport salohiyati, qo‘shilgan qiymat ulushi, rentabellik, bandlik va resurs samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, klasterlarda ishlab chiqarish va resurs samaradorligi oshib borayotgan bo‘lsa-da, eksport hajmining tashqi bozor kon’yunkturasiga bog‘liqligi, xalqaro sertifikatlash talablari, logistika xarajatlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushining yetarli emasligi dolzarb muammo sifatida saqlanib qolmoqda.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.