O‘ZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING YANGI TIPI: “OYIMTILLA” VA “BONU” ROMANLARI ASOSIDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLIL
pdf

Keywords

o‘zbek nasri, ayol obrazi, yangi tip, “Oyimtilla”, “Bonu”, ruhiy kechinma, ijtimoiy muhit, ayol qismati, ma’naviy inqiroz, psixologik tahlil.

How to Cite

O‘ZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING YANGI TIPI: “OYIMTILLA” VA “BONU” ROMANLARI ASOSIDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLIL. (2026). Symposium on Life and Environmental Sciences, 1(5), 62-69. https://www.econferencia.com/index.php/6/article/view/793

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida ayol obrazining yangi tipi Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” va Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayol obrazining an’anaviy tasvir doirasidan chiqib, murakkab ruhiy kechinmalarga ega, ijtimoiy muhit bilan ziddiyatga kirishuvchi, o‘zligini anglashga intiluvchi shaxs sifatida shakllanishi yoritiladi. “Oyimtilla” romanida ayol obrazi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, ma’naviy qadriyatlar inqirozi va shaxsiy tanlovlar ziddiyati fonida ochib berilsa, “Bonu” romanida ayol qismati, muhabbat, axloqiy bosim va ruhiy iztirob masalalari markaziy o‘ringa chiqadi. Maqolada ushbu ikki roman misolida zamonaviy o‘zbek nasrida ayol obrazining yangi badiiy tipi — ichki dunyosi murakkab, ijtimoiy ongga ega, taqdir sinovlari orqali shakllanuvchi ayol siymosi sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Oyimtilla” va “Bonu” romanlaridagi ayol obrazlari o‘zbek adabiyotida ayol qahramonning yangi bosqichga ko‘tarilganini, uning endilikda faqat sabr, sadoqat yoki fidoyilik timsoli emas, balki mustaqil ruhiy-ma’naviy olamga ega shaxs sifatida tasvirlanayotganini ko‘rsatadi.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.