Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek paremiologik materialida FRIENDSHIP/DO‘STLIK konseptining “sinov” freymi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi do‘stlikning qaysi semantik va pragmatik sharoitda “tekshiriladigan” qadriyat sifatida namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. Tahlil natijasida “sinov” freymi har ikki til materialida do‘stlik konseptining yadro modeli sifatida faol ekani kuzatiladi. Ingliz maqollarida ushbu freym ko‘proq need, trial, true friend kabi birliklar orqali ifodalansa, o‘zbek paremiologiyasida u sadoqat, qiyin kun, yordam va ma’naviy yaqinlik bilan chambarchas bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Natijada do‘stlikning haqiqiyligi amaliy qo‘llab-quvvatlash, sadoqat va sinovdan o‘tish orqali tasdiqlanishi haqidagi umumiy lingvokulturologik xulosa shakllanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
