Abstract
Ushbu maqolada oʻzbek xalq qahramonlik eposining nodir namunalaridan biri boʻlgan “Alpomish” dostonidagi obrazlar tizimi qahramonlik va badiiy tipizatsiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. “Alplik” tushunchasining mifologik ildizlari, dostonning qadimgi turkiy epik anʼanalardagi oʻrni hamda asosiy qahramonlar tipologiyasi yoritilgan. Alpomish obrazi “tanlangan” qahramon modeli, Barchin obrazi esa sodiq, aqlli va irodali ayol timsoli sifatida tipizatsiya qilingan. Shuningdek, dostonning salbiy (Ultontoz, Boysari) va yordamchi (Qorajon, Boychibor) obrazlarining badiiy funksiyasi ochib berilgan. Maqolada doston variantlari, ilmiy tadqiqot tarixi (xususan, V.M. Jirmunskiy, T. Mirzayev tadqiqotlari) va badiiy tipizatsiyada qoʻllanilgan giperbola, metafora, mifologik va realistik uygʻunlik kabi vositalar tahlil qilingan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
