Abstract
Mazkur maqolada tibbiy terminologiyaning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tibbiy terminlar tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi professional muloqotni ta’minlovchi, diagnostika va davolash jarayonlarining aniqligi hamda samaradorligini oshiruvchi muhim lingvistik vosita sifatida talqin etiladi. Maqolada terminlarning standartlashtirilishi, xalqaro tasniflar bilan uyg‘unligi, shuningdek, ko‘p tilli muhitda tibbiy kommunikatsiya sifatini ta’minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tibbiy terminologiyaning noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki talqin etilishi sog‘liqni saqlash amaliyotida qanday xatolarga olib kelishi mumkinligi misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari tibbiy terminologiyani tizimli o‘rganish va unifikatsiya qilish sog‘liqni saqlash sohasida xavfsizlik, aniqlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim omil ekanligini asoslaydi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
