Abstract
Maqolada hozirgi o'zbek adabiy tilida ravish ishtirokida hosil bo'ladigan, tobe komponenti xususiy (cheklangan) birikuvchanlikka ega bo'lgan so'z birikmalari va ularning lisoniy qoliplari tadqiq etiladi. Ravishning sintaktik valentligi umumiy va xususiy turlarga ajratilib, xususiy birikuvchanlik leksik-semantik, grammatik va uslubiy omillar bilan belgilanishi asoslanadi. Ravish tobe bo'lgan [Rv + F], [Rv + Sf], [Rv + Rv], [Rv + Ot] hamda ravish hokim bo'lgan [Ot-dan/-ga + Rv] qoliplari ajratilib, har birining nutqiy voqelanishidagi cheklovlar misollar asosida ko'rsatiladi. Tadqiqot natijalari o'zbek tili sintaksisini o'qitish, izohli va valentlik lug'atlarini tuzish hamda kompyuter lingvistikasida sintaktik tahlil modellarini ishlab chiqishda qo'llanishi mumkin.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 World Conference on Social Sciences, Law and Public Policy
