Abstract
Mazkur tezisda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini moliyalashtirishda aholi jon boshiga haq to‘lash (ingl. capitation) modelining iqtisodiy mohiyati, unda shakllanadigan rag‘batlar va moliyaviy xavflar tahlil qilingan. Bir xil stavkaga asoslangan oddiy modeldan aholining tibbiy ehtiyoji hamda xizmat ko‘rsatish uchun kutilayotgan xarajatlarni hisobga oluvchi tabaqalashtirilgan modelga o‘tishning asosiy elementlari tizimlashtirilgan. Tahlil natijasida bazaviy stavkani yosh, jins, kasallanish darajasi va hududiy sharoitlarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar asosida tuzatish, xizmatlar paketini aniq belgilash hamda xizmatlar hajmi va sifatini muntazam kuzatish va baholashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
