Abstract
Insoniyat yashab turgan bu kurraizamin necha-nechalab rivojlanish, o’zgarish va sivilizatsiyalarni boshdan kechirib kelmoqda.Yaratilgan har qanday texnika va texnologiyalar insoniyat hayotini yengillatishga xizmat qilmoqda.Ammo shunday bir vosita borki, u odamzot ma’naviyatini, tafakkurini rivojiga hiossa qo’shadi.Bu – adabiyot. Ijodkor tomonidan yaratilgan har qanday asar ham zamonlar osha kitobxonlar tomonidan mazza qilib “iste’mol” qilinavermaydi.Qayta -qayta o’qilaverganidan, qo’lma-qo’l bo’lib hali u javonda, hali bu javonda yurgan shunday asarlar borki, go’yo o’qiganing sari qahramonlar sen yashab turgan olamda bordek, sening bir bo’lagingdek bo’lib qoladi.O’zbek adabiyotida ham o’zining turfa hikoyalari, qissa va romanlari bilan alohida o’ringa ega bo’lgan, Surxandaryo zamining yetuk farzandi Shukur Xolmirzayev asarlari yuqorida aytib o’tganimizdek kitobxonlarning sevimli asariga aylanib ulgurdi desak mubolag’a bo’lmaydi.Ijodkor yaratgan hikoyalarda inson ruhiyati, tabiat tasviri, turfa insonlarning bir-birini takrorlamas voqealari va hikoya qahramonlari bilan uyg’unlashib ketgan roviy nutqi mahorat bilan qalamga olingan bo’lsa, qissalarida personajlarning chigal taqdirlari, chuqur ruhiy kechinmalari, o’zaro ziddiyatlar qurshovi mohirlik bilan ochib berilgan. Adibning” “Oq otli”, “O‘n sakkizga kirmagan kim bor”, “Yo‘llar, yo‘ldoshlar”,“Tuproq ko‘chalar”, “Yur, tog‘larga ketamiz!”, “Ot yili” kabi qissalarida o‘ziga xos mavzu, sujeti bilan alohida ahamiyat kasb etadi
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
