Abstract
Mazkur maqolada “Alpomish” dostonini fanlararo yondashuv asosida o‘rganishning ilmiy-metodik ahamiyati yoritiladi. Dostonda uchraydigan toponimlar, etnonimlar, zoonimlar, antroponimlar hamda evfemik birliklar tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarda tarixiy xotira, milliy o‘zlik, lingvistik tafakkur va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, doston matnini adabiyot, tarix, toponimika, etnografiya, zoologiya, tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari bilan bog‘liq holda o‘rganish orqali o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarini kengaytirish imkoniyatlari asoslanadi. Maqolada “Alpomish” dostoni nafaqat badiiy-estetik manba, balki yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, milliy qadriyatlarga sodiq va mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalashda muhim didaktik vosita ekanligi ko‘rsatib beriladi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
