Abstract
Maqolada o‘zbek tilining izohli, frazeologik, sinonimlar va tarjima lug‘atlarida so‘zlarning birikuvchanlik (valentlik, sochilish, kollokatsiya) xususiyatlari qanday aks ettirilgani tahlil qilinadi. Birikuvchanlikning leksik-semantik va grammatik (sintaktik) turlari farqlanib, ularning lug‘at maqolasidagi ifoda vositalari — izoh, grammatik belgi, boshqaruv modeli, illyustrativ misol va turg‘un birikmalar bloki — tasniflanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning 1981-yilgi ikki jildlik va 2006–2008-yillardagi besh jildlik nashrlari hamda boshqa lug‘atlar materiali asosida birikuvchanlik ko‘pincha bilvosita, ya’ni misollar va izoh orqali berilishi, tizimli boshqaruv modeli va kollokatsiya bloki esa deyarli yo‘qligi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida lug‘at maqolasiga valentlik formulasi, kollokatsiyalar zonasi va korpus ma’lumotlarini kiritishga asoslangan namunaviy model taklif etiladi hamda o‘zbek tilining valentlik-kollokatsiya lug‘atini yaratish zarurati asoslanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
