Abstract
Ushbu tezisda sun‘iy intellekt vositalarining bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy til modellari, chatbotlar va intellektual platformalar negizida amalga oshiriladigan adaptiv mashqlar, nutqiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish, matn va nutqni avtomatik tahlil qilish hamda reflektiv baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda, shuningdek, mazkur vositalarni qo‘llashdagi metodik va etik cheklovlar ham yoritilgan. Tahlil natijalari sun‘iy intellekt vositalarini pedagogik ta‘lim jarayoniga maqsadli va nazorat ostida joriy etish bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini sifat jihatidan boyitishi mumkinligini ko‘rsatadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
