Abstract
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur merosida ota-ona mas’uliyati va farzand tarbiyasiga oid qarashlarning ijtimoiy-falsafiy mazmuni tahlil qilinadi. Mutafakkirning “Boburnoma”, she’riy merosi va tarixiy faoliyatida aks etgan oilaviy qadriyatlar, ota-onaning tarbiyaviy burchi, farzand kamolotida ma’naviy-axloqiy omillarning o‘rni ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda Boburning farzand tarbiyasiga doir fikrlari, insoniy fazilatlar, ilm-ma’rifat, vatanparvarlik, mas’uliyat va odob-axloq masalalari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil etiladi. Shuningdek, mutafakkir tomonidan ilgari surilgan tarbiyaviy g‘oyalarning zamonaviy oila instituti va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Bobur merosida ota-ona mas’uliyati barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim sharti sifatida talqin etilganligi hamda uning tarbiyaviy qarashlari bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega ekanligi asoslanadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
