Abstract
Mazkur tezisda 7–9 yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishda o‘qituvchi boshchiligidagi sun’iy intellekt (AI) va interaktiv texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot o‘quvchilarning shaxsiy mobil qurilmalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan sinf sharoitida olib borildi. Tajribada ClassPoint AI Quiz Generator, gamifikatsiya va interaktiv topshiriqlardan foydalanildi. Tadqiqotda 36 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ular 18 nafardan asosiy va nazorat guruhlariga ajratildi. Olti hafta davomida, jami 18 ta darsda olib borilgan tajriba yakunida asosiy guruhning o‘rtacha test natijasi 52 foizdan 84 foizgacha, nazorat guruhining natijasi esa 50 foizdan 66 foizgacha oshgani aniqlandi. Natijalar o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri boshqarilgan AI va interaktiv texnologiyalar boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarini faolroq va moslashuvchan tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishini ko‘rsatadi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
